7. NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI
7.1. Mazkur shartnoma bo'yicha yuzaga keladigan nizolar o'zaro kelishuv yo'li bilan hal etiladi. O'zaro kelishuvga erishilmagan nizolar Farg'ona tumanlararo iqtisodiy sudida hal etiladi.
7.2. Nizo iqtisodiy sudga taqdim etilgunga qadar taraflar nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya etgan bo'lishlari lozim.
8. BOSHQA SHARTLAR
8.1. Shartnomaga kiritiladigan har qanday o'zgartish va qo'shimchalar yozma ravishda rasmiylashtirilib vakolatli shaxslar tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangandan so'ng haqiqiy hisoblanadi.
8.2. Shartnomani muddatidan oldin bekor qilishga mazkur shartnoma shartlariga, taraflarning o'zaro kelishuviga muvofiq yoki O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslarga ko'ra yo'l qo'yiladi.
8.3. Shartnomani bekor qilishga qaror qilgan taraf ikkinchi tarafga 10 kun oldin yozma ravishda bildirishnoma yuborishi shart
8.4. Mazkur shartnoma bank operasiyalarini amalga oshirish uchun asos bo'ladi.
8.5. Shartnomada nazarda tutilmagan shartlar bo'yicha taraflar O'zbekiston Respublikasining fuqarolik kodeksidan va O'zbekiston Respublikasining "xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning shartnomaviy huquqiy bazasi to'g'risida"gi qonunidan foydalanadilar.
9. KORRUPSIYAGA QARSHI QO'SHIMCHA SHARTLAR.
9.1. Taraflar shartnoma tuzish, shartnomaning amal qilish muddatida va ushbu muddat tugaganidan so'ng shartnoma bilan bog'liq korrupsiyaviy harakatlarni sodir qilmasliklari shart;
9.2. Taraflar shartnomadagi korrupsiyaga qarshi qo'shimcha shartlarda belgilangan korrupsiyaning oldini olish choralarini tan oladi va ularga rioya etilishi bo'yicha hamkorlikni ta'minlaydi;
9.3. Har bir taraf shartnoma tuzilgan paytda bevosita o'zi yoki uning ijroiya organlari, mansabdor shaxslari va xodimlari tomonidan shartnoma bilan bog'liq munosabatlar yuzasidan qonunga xilof ravishda pul, moddiy qiymatliklar berilmagani, shartnoma tuzilishi evaziga norasmiy pul yoki boshqa moddiy qiymatliklar olinishiga yo'l qo'yilmagani, taklif etilmagani, ularni berishga va'da qilinmagani, shuningdek, moddiy yoki har qanday turdagi imtiyoz, ustunliklar olinmaganini (kelajakda bu turdagi harakatlarni amalga oshirishi mumkinligi haqida taassurot qoldirilmaganini) kafolatlaydi;
9.4. Taraflar, ular tomonidan shartnoma doirasida jalb qilingan shaxslarning yuqoridagi harakatlarni sodir etmasligi yuzasidan oqilona choralar ko'radi;
9.5. Taraflar davlat xizmatchilari, siyosiy partiyalar, shuningdek, o'zining ijroiya organlari, mansabdor shaxslari va xodimlari tomonidan har qanday vaqt va shaklda harakatlarni bevosita yoki bilvosita (shu jumladan, uchinchi shaxslar orqali) sodir etilishiga yo'l qo'ymaydi. Jumladan, nazorat qiluvchi organlardan lisenziya va ruxsatnomalar olish, soliq solish, bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish, sudda ish ko'rilishi, Qonunchilik jarayoni va boshqa sohalarda qonunga xilof ravishda tijorat yoki boshqa tusdagi ustunlikka ega bo'lish yoki saqlab qolish maqsadida qayd etilgan shaxslar foydasiga yoki ular tomonidan moddiy yoki nomoddiy naf olishning taklif etilishi, va'da qilinishi, berilishiga yo'l qo'ymaydi.
9.6. Qonunga xilof ravishda olingan daromadlarning legallashtirilishiga, shuningdek, agar mulk jinoiy faoliyatdan olingan daromad ekanligi taraflarga ma'lum bo'lsa, uni o'tkazish, mulkka aylantirish yohud almashtirish yo'li bilan uning kelib chiqishiga qonuniy tus berish, bunday pul mablag'lari yoki boshqa mol-mulkning asl xususiyati, manbai, turgan joyini, tasarruf etish, ko'chirish usulini, pul mablag'lariga yoki boshqa mol-mulkka bo'lgan haqiqiy egalik huquqlarini yoki uning kimga qarashliligini yashirishga yo'l qo'ymaydi.
9.7. Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik sodir qilish uchun ta'magirlik qilish, undash, tazyiq o'tkazish yoki tahdid qilish holati bo'yicha bir taraf ikkinchi tarafni hamda vakolatli davlat organlarini darhol xabardor qilishi shart.
9.8. Taraflar tovarlar, xizmat va ishlarni realizasiya qilish va o'tkazish, bitimlar tuzish bo'yicha muzokaralar olib borish, lisenziya, ruxsatnomalar va boshqa ruxsat etish xususiyatiga ega bo'lgan hujjatlarni olishda yoki ularning manfaatlarini ko'zlab boshqa harakatlarni amalga oshiruvchi taraflarning nazorati ostida bo'lgan va ular nomidan harakat qiladigan shaxslarga nisbatan quyidagi harakatlarni amalga oshirishi shart: - korrupsiyaviy harakatlarga yo'l qo'yib bo'lmasligi va korrupsiyaviy harakatlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo'lishi shartligi haqida ko'rsatmalar va tushuntirishlar berish; - ulardan korrupsiyaviy harakatlarni amalga oshirish uchun vositachi sifatida foydalanmaslik; - ularni faqat tarafning oddiy kundalik faoliyati jarayonidagi ishlab chiqarish zarurati doirasidan kelib chiqib ishga jalb qilish; - ularga Qonunchilik doirasida amalga oshirgan xizmatlari uchun belgilangan haq miqdoridan asossiz ravishda ortiqcha to'lovlarni amalga oshirmaslik.
9.9. Taraflar ularning nazorati ostida bo'lgan va ular nomidan harakat qiladigan shaxslar tomonidan korrupsiyaga qarshi qo'shimcha shartlarda belgilangan majburiyatlar buzilganligi holatlari haqida xabar berilganligi uchun ularga tazyiq o'tkazilmasligini kafolatlaydi.
9.10. Agar bir tarafga boshqa tarafning korrupsiyaga qarshi qo'shimcha shartlarning 4 va 5-bandida belgilangan majburiyatlarning buzilishiga yo'l qo'yganligi ma'lum bo'lib qolsa, ikkinchi tarafni bu haqda zudlik bilan xabardor qilishi va tegishli choralar ko'rilishi va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xabardor qilishni talab qilishi shart.
9.11. Tarafning talabi bo'yicha tegishli choralar ko'rilmagan yoki ko'rib chiqish natijalari haqida xabardor qilmagan taqdirda, ushbu taraf shartnomani bir taraflama to'xtatib turish, bekor qilish hamda zararni to'liq qoplab berishni talab qilishga haqli.
Share with your friends: |