SH A R T N O M A №______
Quvasoy shahar «_____» __________ 2023 yil
Bir tomondan Nizom asosida faoliyat ko'rsatuvchi "Kvars" AJ (kelgusida "bajaruvchi" deb ataladi) nomidan Ichki Sotuv bo'limi boshlig'i I.Askarov (18.11.2022 yildagi №01-17/1053-sonli ishonchnoma asosida) va ikkinchi tomondan Nizom asosida faoliyat ko'rsatuvchi __________________________________________ (kelgusida "buyurtmachi" deb ataladi) nomidan rahbari ____________________ o'rtasida quyidagi shartnoma tuzildi.
1. SHARTNOMA MAZMUNI
1.1. "Bajaruvchi" o'zida mavjud bo'lgan shisha, oyna tashish uchun mo'ljallangan ____ dona maxsus konteynerlarni foydalanish uchun "buyurtmachi"ga berish majburiyatini, "buyurtmachi" o'z navbatida maxsus konteynerlarni qabul qilib olish hamda belgilangan tartibda va miqdorda qaytarish majburiyatini oladi.
2. TO’LOV SHARTLARI
2.1. "Buyurtmachi" shartnoma imzolangan kundan boshlab 5 (besh) bank kunida har bir olinayotgan maxsus konteyner uchun 100 foiz oldindan garov pulini to'laydi.
2.2. "Bajaruvchi" garov pulini 100 foiz oldindan qabul qilib olgandan so'ng, maxsus konteynerlarni "buyurtmachi"ga beradi.
2.3. Garov puli miqdori narh-navoning (elektr energiyasi, xom-ashyo, materiallar, ish haqi va h.k) ko'tarilishiga qarab o'zgarishi mumkin.
3. TRANSPORT HARAJATLARI
3.1. Transport harajatlari, shuningdek maxsus konteynerlarni yaroqli holda qaytarish harajatlari "buyurtmachi" hisobidan qoplanadi.
4. GAROV PULINI QAYTARISH
4.1. Maxsus konteynerlar o'z muddatida qaytarilgandan so'ng "bajaruvchi" "buyurtmachi"ning yozma talabiga asosan garov pulini qaytaradi. Ushbu holatda garov pulini qaytarish uchun qilingan bank harajatlari ushlab qolinadi.
5. YETKAZIB BERISH TARTIBI
5.1. "Buyurtmachi" har bir maxsus konteyner uchun 1 502 493 so'mdan garov pulini "bajaruvchi"ning hisob raqamiga o'tkazib beradi. Maxsus konteynerlar "bajaruvchi"ga qaytarilgandan so'ng, garov puli "buyurtmachi"ning hisob raqamiga qaytariladi.
5.2. Maxsus konteynerlarni qaytarish muddati: 15 (o'n besh) kalendar kun.
5.3. Maxsus konteynerlarni qaytarish muddati kechiktirilgan taqdirda "buyurtmachi"ga quyidagi miqdorda jarima hisoblanadi:
- 15 (o'n besh) kungacha bo'lgan muddatda kechiktirilganlik uchun bir dona maxsus konteynerga 150 000 so'm jarima;
- 20 (yigirma) kungacha bo'lgan muddatda kechiktirilganlik uchun bir dona maxsus konteynerga 225 000 so'm jarima;
- 30 (o'ttiz) kungacha bo'lgan muddatda kechiktirilganlik uchun bir dona maxsus konteynerga 300 000 so'm jarima;
- 30 (o'ttiz) kundan ortiq bo'lgan muddatda kechiktirilganlik uchun bir dona maxsus konteynerga 1 502 493 so'm jarima;
5.4. Jarima to'lash "buyurtmachi"ni maxsus koteynerlarni qaytarish majburiyatidan ozod qilmaydi. Maxsus konteynerni yo'qotganlik uchun
6. FORS-MAJOR
6.1. Taraflar fors-major holatlari yuzaga kelganligi sababli mazkur shartnoma shartlarini bajara olmagan taqdirda javobgarlikdan ozod qilinadilar.
6.2. Taraflar mazkur shartnoma bo'yicha majburiyatlarni bajarishga to'sqinlik qiluvchi fors-major holatlari yuz berganligi to'g'risida asoslantirilgan vakolatli davlat organining tegishli hujjatlarni taqdim etgan holda 30 (o'ttiz) kundan kam bo'lmagan muddatda bir birlarini habardor qilishlari lozim. Fors-major holati uch oydan ortiq muddat davom etsa shartnoma taraflari shartnomani to'xtatishga haqli. Ushbu holatda shartnomaning ijro etilgan majburiyatlari bo'yicha taraflar to'liq xisob-kitob qiladilar.
Share with your friends: |