Jadidchilik harakatining o’zbek milliy va ma’naviy qadriyatlarini mustahkamlashdagi ahamiyati



Download 14.25 Kb.
Date14.06.2020
Size14.25 Kb.
JADIDCHILIK HARAKATINING O’ZBEK MILLIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARINI MUSTAHKAMLASHDAGI AHAMIYATI

Tuyboyeva Gulnoza Quvondiq qizi

Navoiy Davlat pedagogika instituti talabasi

e-mail: tgq3107@gmail.com

Ilmiy rahbar: f.f.d., dots. N.O. Safarova

Oʼtgan asr boshlarida, tariximizning ogʼir va murakkab davrida maydonga chiqqan jadid bobolarimizning fidoiyligi sabab bugungi kunda biz tariximiz naqadar buyukligi, ajdodlarimizning naqadar mard va oliyjanob, yuksak ma’naviyat va bilim egasi ekanligiga tushunib yetyapmiz. Chorizm mustamlakasi davrida maʼrifat gʼoyasini baland koʼtarib chiqqan jadid bobolarimizning faoliyati bizga doim o’rnak bo’lib kelmoqda. Mahmudxoʼja Behbudiy, Munavvarqori, Аbdulla Аvloniy, Ishoqxon Ibrat, Аbdurauf Fitrat, Аbdulla Qodiriy, Аbdulhamid Choʼlpon, Usmon Nosir kabi yuzlab maʼrifatparvar, fidoyi insonlarning oʼz shaxsiy manfaati, huzur-halovatidan kechib, el-ulus manfaati, yurtimizni taraqqiy toptirish maqsadida amalga oshirgan ezgu ishlari avlodlar xotirasidan aslo oʼchmaydi. Yuqorida zikr etilgan misollarni umumlashtirgan holda, muhim bir fikrni xulosa tariqasida taʼkidlashni zarur, deb bilaman. Gap shundaki, tariximizda bunday benazir siymolarning mavjudligi – oʼziga xos bir fenomen, yaʼni oʼta noyob hodisadir. Bu esa nafaqat bugungi, ayni paytda ertangi avlodlarimizning ham maʼnaviy boyligiga aylanib, xalqimizga hech narsa bilan oʼlchab, qiyoslab boʼlmaydigan ruhiy kuch- quvvat va madad berishi muqarrar.[1, 31-32]



Demak, jadidlar umummilliy, ma’rifatni ko’tarish, milliy ongni rivojlantirish, milliy birlikka erishish va ularni amalga oshirish orqali jahon madaniyatini egallab, Mustaqilikka erishish kabi g’oyalari bilan milliy ma‘naviyatimiz rivojiga munosib hissalarini qo’shgan. Mana shu borada, bugun hayotimizda tatbiq qilinayotgan milliy istiqlol mafkurasi Xalqimizning asrlar davomida shakllangan yuksak ma‘naviy, an‘anaviy udumlari, ulug’ bobokalonlarimizning o’lmas merosidan oziqlanadi va uning o’zviy qismi sifatida milliy ma‘naviyatimiz rivojlanishida muhim manbaa bo’lib xizmat qiladi.

Share with your friends:




The database is protected by copyright ©essaydocs.org 2020
send message

    Main page